Sayt test rejimida ishlamoqda

Saytning eski talqini

Sayt test rejimida ishlamoqda

Saytning eski talqini


INKUBATSIYA

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Sirdaryo viloyati Yoshlar Texnoparkining “InnoX” 1-2-3 dasturlari faoliyati boyicha

MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi “Respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 313-sonli qaroriga hamda O'zbekiston  Respublikasi Innovatsion  rivojlanish vazirligining 2022-yil 9-dekabrdagi 412-son qaroriga  muvofiq "Sirdaryo yoshlar texnoparki"da  "InnoX" biznes-inkubator  akseleratsiya  dasturi  tashkil etildi.etish to‘g‘risida” buyrug‘iga muvofiq hududlarda yoshlarning tahliliy fikrlash, ularni ilmiq-tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli tashabbuskor yoshlarning oz intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida Sirdaryo Yoshlar Texnoparki huzurida istedodli yoshlar uchun “InnoX” dasturi tashkil qilindi. Ushbu dastur asosida 18 yoshdan 35 yoshgcha bo‘lgan yoshlar orasida innovatsion loyihalar qabul qilinishi belgilab olindi.

Joriy yilning 1 mart sanasidan boshlab hududlarda targ‘ibot ishlari olib borildi. Targ‘ibot davomida Guliston davlat universiteti, Toshkent kimyo texnologiya instituti Yangiyer filiali, Guliston Pedogogika instituti talabalari va o‘qutuvchilari o’rtasida uchrashuvlar otkazildi. “InnoX” ishtirokchilarini ro’yxatga olish uchun onlayn platforma ishlab chiqildi. 1 oy davomida ushbu platforma orqali 250 dan ortiq ishtirokchilar ro’yxatdan o’tdi. Saralash bosqichida 25 ta oflayn va 12 ta onlayn ishtirokchilar mutaxasisslar tomonidan saralab olindi. Saralab olingan ishtirokchilarga Sirdaryo Yoshlar Texnoparki tomonidan sertifikat va sovg‘alar taqdim etildi.  

Aprel oyida InnoX dasturi asosida ishtirokchilar uchun biznes o’quv simenarlar yo’lga qo’yildi. 3 oy davomida tajribali speker va mentorlar tomonidan amaliy va nazariy darsliklar o’tildi. Nazariy darsliklarda biznes g‘oya va innovatsiya, bozorning o‘rni va raqobotdoshligi, marketing, biznes reja va smetalar, startap to‘g‘risida umumiy tushunchalar, startap loyihalarini ishlab chiqarish kabi mavzular doirasida dars jarayonlari bo’lib o’tdi. Amaliy darsliklar davomida Sirdaryo viloyatlarida mavjud  ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarga  InnoX ishtirokchilar bilan birgalikda “PolyTex Sirdaryo” MCHJ paxta-to’qimachilik klasterlariga ish jarayonlarini o’rganish uchun tashrif buyurildi.

15 iyun kuni tashkil etilgan InnoX biznes inkubatsiya dasturi yakunida 25 taloyiha egalari tomonidan tayyorlangan startap loyihalar taqdimoti qilindi hamda ekspertlar tomonidan baholandi. Ekpertlar tarkibida Innovatsion rivojlanish agentligi ishchi guruh azosi Jamshid Xoliqulov, Guliston pedagogika rektori Qalandarov Azizbek hamda ilmiy ishlar bo’yicha prorektori Ayaqulov Nurbek, Toshkent kimyo texnologiya insituti Yengiyer filali professorlari hamda Guliston davlat universiteti Ekspremental lobaratoriya boshlig‘i Qo‘shiyev Habibjon  tomonidan yuqori ko’rsatgichga ega 11 ta loyiha egalariga tanlab olindi hamda Sirdaryo Yoshlar Texnoparki tomonidan 10 million so‘m pul mukofatlari rag‘batlantirish maqsadida topshirildi. Qolgan ishtirokchilar uchun Sertifikat va sovg’alar taqdim etildi.

Barcha ishtirokchilarni kelgusida iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish maqsadida respublika miqiyosida tashkil etilgan Sirdaryo miqiyosida startap loyihalar tanlovlarida ishtirok etish uchun yo’naltirildi.

Buning natijasida barcha loyihalar tanlovlarga topshirildi. Ushbu tanlovda 10 ta loyiha moliyaviy ekspertizadan o‘tdi. Bular: Alijonov Jasurbek Rustambek o'g'li  “Quyosh havo isitish kollektori”, Usarov Ulug‘bek Furqat o‘g‘li “Uy va officelar uchun xonadagi gaz va haroratni doimiy tarzda nazorat qiluvchi qurulma yaratish”, Sobitjonova Munira Yoqubjon qizi “Maktablar uchun 3D ko`zoynak bilan ishlovchi labaratoriya yaratish”, Nig‘matov Azizjon Maxkamovich “Smart Bunker”, Xoshimbayeva Muazzamxon Mirzohid qizi “Clean foot-oyoq hidlanishiga qarshi eruvchan bombochkalari” , Fayzullayev Sayfiddin O‘tkir o‘g‘li Sifati boyitilgan suniy lazer gurunchlari ishlab chiqarish”, Hasanova Dilafruz O‘ktam qizi “Medicial Gum”, Xoshimjonova Sevinch Shavkatjon qizi “Qovun urug‘laridan yog‘ olish”Mirboboyev Jasurbek Akmal o‘g‘li Boooky”, Raxmonova Oygul Rustam qizi “Tarvuz shinnisi ishlab chiqarish texnologiyasi” kabi loyihalar muoffaqiyatli qabul qilindi. Ushbu loyihalar moliyalashtirib, O‘zbekistonda kuzatilayotgan muommoga yechim sifatida ijtimoiy hayotga tadbiq etiladi.

Iyul-avgust oylarida InnoX 1-mavsum istiqbolli biznes loyihalar MY5 telekanali taklifiga doir 5 nafar ishtirokchi o’z loyihalarini aholiga loyihasi haqida ma’limotlar berishdi va rejaalashtirilgan daromadlari  haqida qiziqarli ma’limotlar bilan o’rtoqlashdi. Innox 2-mavsumi dasturiga o’zgartirishlar kiritildi va yangi darsliklar qo’shildi. InnoX 2-mavsumi targ’ibot jarayonlar uchun ro’yhatdan o’tish uchun sayt qilindi va talab qilinadigan hujjatlar va qonun-qoidalari hamda InnoX dastur qisqacha ma’limotlar joylashtirildi. Targ’ibot uchun materillar tayyorlandi ( brashura, postlar va videolar). Guliston shaxarda joylashgan xokimliklar, monomarkazlar, barkamol avlod, Yoshlar ishlari agentligiga, Qishloq xo’jaligi tashkilotlariga targ’ibot ishlari amalga oshirildi.

2023 yilning sentyabr oyi davomida Sirdaryo Yoshlar texnoparkining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi bilan tasdiqlagan rejasi asosida Yoshlar texnoparki xodimlari tomonidan InnoX dasturining 2-mavsumiga keng miqiyosda oliygohlarda, kasb-hunar maktablarida, kollejlarda texnikumlarda targ‘ibot ishlari olib borildi. Dasturning 2-mavsumida ishtirok etish uchun 100 nafar iqtidorli talabalar ro‘yxatdan o‘tdi. InnoX dasturining 2-mavsumi uchun o‘tkazilgan saralash bosqichida 56 nafari tanlab olindi. Ulardan 20 nafari  darslarda “oflayn”, 36 nafar ishtirokchi “onlayn” tarzda mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar.

Joriy yilning 17 oktyabr kuni Yoshlar texnoparkida InnoX dasturining 2-mavsumining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Turkiyadan kelgan mehmonlar, olimlar, iqtidorli yoshlar, turli soha vakillari, ishbilarmonlar ishtirok etdilar.

InnoX dasturining 2-mavsumi doirasidagi mashg‘ulotlar joriy yilning oktyabr oyidan boshlandi, tasdiqlangan amaliy ishchi dastur asosida tor doiradagi mutaxassislar, spiker va mentorlar tomonidan dars mashg‘ulotlari va amaliyot olib borilmoqda. Shu jumladan 10 ga yaqin mehmon spikerlar tomonidan dastur asosida darsliklar qo‘yildi. Seminar-trening darsliklaridan tashqari amoliyot jarayonlari aynan Startupda Grand mablaglar yutgan va o’z ish faoliyat ko’rsatayotgan ishlav chiqarish tashkilotga tashrif buyurdik. Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “GOLDEN PURE FEED” xususiy korxonasiga tashrif buyurdi. Seminarda Baliqchilik, parrandachilik va chorvachilik uchun uglevodlarga, xazmlanuvchi moddalarga boy ozuqa xomashyosi (bug‘doy, yantoq, qamish, beda, makkajo‘xori, soya, semechka shroti va xakozo) ning gidrobarometrik ishlovdan so‘ng hajmi va to‘yimlilik jihatlari oshirilgan ekstrapollangan ozuqa yem tayyorlashni yo‘lga qo‘yish uchun Innovatsion agentligi tomonidan 1 150,0 mln.so‘m Grant mablag‘ ajratilganligi va ishlab-chiqarish jarayonlari bo‘yicha maʼlumotlar va maslahatlar berildi.

InnoX dasturining 2-mavsumida chet ellik spikerlar tomonidan mashg‘ulotlarni tashkillashtirish maqsadida Sirdaryo Yoshlar texnoparki va spikerlar bilan shartnomalar tuzilmoqda.

19-dekabr kuni InnoX 2-mavsum DemoDay bolib otdi. 25 nafar InnoX 2-mavsum dasturida ishtirok etgan ishtirokchilar qatnashdi. Ushbu tadbirga Saralash va Ekspert kamissiya a’zolari qatnashib ishtirokchilarni loyihalarini baholashdilar va oz maslahatlarini berib o’tdilar. Tadbida Sirdaryo yoshlar texnoparki tomonidan 10 nafar ishtirokchilar rag’batlantirish asosida vaucherlarni qolga kiritishdi. Qolgan ishtirokchilar uchun Sertifikat va sovg’alar taqdim etildi.

Barcha ishtirokchilarni kelgusida iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish maqsadida respublika miqiyosida tashkil etiladigan Startap loyihalar tanlovlarida ishtirok etish uchun yo’naltirildi.

Buning natijasida barcha loyihalar Yoshlar akademiyasida e’lon qilingan Bo’lajak olim tanlovlariga ishtirokchilarni startup loyihalari va g’oyalari shakillantirib tadim etildiKelgusida ushbu loyihalar moliyalashtirib, O‘zbekistonda kuzatilayotgan muommoga yechim sifatida ijtimoiy hayotga tadbiq etiladi.

Sirdaryo viloyati tumanlar aro ham ushbu jarayonlarni jadallashtirish maqsadida 2023 yil dekabr va 2024-yil yanvar oylarida “InnoX” biznes-inkubator akseleratsiya dasturining uchinchi bosqichi doirasida bepul o‘qitish ishlari targ’ibot jarayonlari olib borildi. InnoX 3-mavsum yangi talqinda olib borilishi uchun Sirdaryo yoshlar texnoparki tomonidan “Texnopark stipendiyasi” joriy etildi.

Bundan tashqari, InnoX dasturiga roʻyhatdan oʻtish uchun maxsus platforma ishga tushirildi. Qabul qilish jarayonlari 3 ta bosqichda amalga oshirildi.

1-bosqichdan qarib 227 nafar ishtirokchi oʻz arizalarini qoldirgan va 128 nafar oʻz loyihalarini saytga yuklagan. 2-bosqich testdan oʻtish jarayonida 89 nafar 3-bosqichga muoffaqiyatli oʻtdi. 3-bosqich saralash jarayonida maxsus saralash kamissiyasi va mentorlar ishtirokchilar loyihasi bilan tanishib, 20 nafaroflayn va 10 nafar onlayn ishtirokchilar tanlab olishdi. Dasturga qabul qilingan ishtirokchilarga estalik sovgʻalari va Sertifikatlar taqdim etildi. Dars jarayonlar mentorlar tomonidan va qoʻshimcha spikerlar bilan birgalikda InnoX 3-mavsum uchun qabul qilingan dastur asosida darslar olib borilmoqda. Dastur asosida xorijiy texnoparklar va akseleratsiya dastur tashkilotlaridan muatxasislar jalb qilindi. Bulardan, Turkiyaning Marmaris texnoparkiLyublyana texnoparki IASPkompaniyalariBundan asosiy kozlagan maqsad Xalqaro Grand tanlovlarga topshirish ular tomonidan kerakli ma’limotlar va maslahatlar olish, xalqaro innovatsion startup konfirensiyalarda ishtirok etish. Hozirgi kunda InnoX 3-mavsum dasturi dars jarayonlari davom etmoqda. Ushbu dastur yanvar-mart oylarida yakunlanishi reja qilingan.